Biz haqimizda
Xalq ta’limi bosh boshqarmasi umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish; umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o‘quv-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etuvchi tashkilot
Xalq ta'limi boshqarmasining asosiy vazifalari
- Ta’lim strategiyasini ishlab chiqish, uning rivojlanish istiqbolini belgilash va rejalashtirish, ta’lim tizimining xalq xo’jaligi boshqa sohalari bilan o’zaro munosabati tartibini takomillashtirish
- Ta’lim mazmunini muntazam yangilab turish hamda ta’limning jahon andozalariga, aholining milliy, ma’naviy ehtiyojlariga javob beradigan yangi mazmuni ishlab chiqilishini ta’minlash
- kasb ta’limi olish va yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlardagi faoliyatga tayyorlanish uchun yoshlarning umumiy o’rta ta’lim olishini ro’yobga chiqarish
Viloyat hokimligi xalq ta’limi boshqarmasi shahar, tuman hokimliklari xalq ta’limi bo’limlariga tegishli hududiy darajalarda davlat ta’lim muassasalari tizimiga yagona rahbarlikni amalga oshiradi. Boshqarma viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori, tuman xalq ta’limi bo’limi mudiri lavozimlariga tayinlanadigan yangi rahbarlarni hokimliklar tavsiyasiga asosan ko’rib chiqadi, lavozimiga loyiq deb topilgan nomzodlarni vazirlik tasdig’iga tavsiya etadi va vazirlikning buyrug’i asosida boshqarma buyrug’i bilan lavozimiga tayinlanadi yoki suhbatdan o’tkazib rozilik bildiradi. O’z tasarrufidagi barcha ta’lim muassasalari tashkilot rahbarlarini mahalliy hokimiyatlar tavsiyasiga asosan lavozimga tayinlaydi.
Foydalanuvchilar
Maktablar
Fanlar
Test-bloklari
Xalq ta’limi boshqarmasi
Xalq ta’limi boshqarmasi xalq ta’limi davlat boshqaruv organi hisoblanadi va O’zbekistonning «Ta’lim to’g’risida» Qonuni asosida faoliyat ko’rsatadi hamda viloyat hokimligiga bo’ysunadi. Boshqarma maktabgacha, umumiy o’rta, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, pedagogika fanini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirilishini ta’minlaydi. Boshqarma idoraviy bo’ysunishi va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, ta’lim muassasalarida «Ta’lim to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga asoslangan holda ish olib borish, bajarilishiga rioya qilish ustidan nazoratni va ularga uslubiy rahbarlik amalga oshiradi.
Boshqarma o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, vazirlik hay’at majlisi qarorlari va buyruqlari, viloyat hokimi qaror va farmoyishlari, boshqa meoyoriy hujjatlarga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
Bizning xizmatlar
Platformamiz yuqori texnologiyalar zamonida taqdim qilinayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga va vaqtingizni tejashga, o'zingizga qulay vaqtda bilimingizni sinashga imkon beradi.
Qulay interfeys
Oson, tushunarli va qulay interfeys orqali platforma imkoniyatlaridan to'liq foydalanishingiz mumkin
Malakali mutaxassislar
Malakali mutaxassislar tomonidan tayyorlangan test orqali o'z malakangizni oshiring. Yanada ko'proq bilimga ega bo'ling.
O'zlashtirish tahlili
Tizim foydalanuvchilari tizimdagi o'zlarining o'zlashtirish natijalarining statistikasini ko'rishlari mumkin.
Raqobatbardoshlik
Tizimda o'tkazilgan har bir test sinovi bo'yicha foydalanuvchilarning taqqoslangan reytinglari
Aniqlik
Har bir sinov belgilangan muddatgacha bajarilishi mumkin. Bu foydalanuvchida intizom va mas'uliyatni ta'lab qilishga yordam beradi.
Statistika
Tizim sinovlarni hudud va muassasalar taqsimoti bo'yicha statistikani hisoblab boradi va tizim xodimlariga taqdim etadi.
Ish jarayonidan lavhalar
- Barchasi
- Boshqaruv jarayoni
- Maktablarda
- Sayyor qabul
Ko'p so'raladigan savollar
Tizim bo'yicha savollaringizni bizga yo'llang va biz ularga imkon qadar javob berishga harakat qilamiz
-
Ushbu platformaning asosiy vazifasi nima?
EduQM(Education ) platformasi ta'lim tizimidagi xodimlar, o'qituvchilar va o'quvchilarning bilim darajasini monitoring qilish maqsadida yaratildi.
-
Tizimdan qanday ro'yxatdan o'tiladi?
Ushbu tizim faqatgina ta'lim tizimida faoliyat yuritayotganlar uchun mo'ljallanganligi tufayli, tizimdan faqat tizim adminlariga murojaat qilish orqali registratsiyadan o'tish mumkin.
-
Test bajarishim kerak edi, ammo yo'qolib qoldi. Yana testni ishlay olamanmi?
Testlar faqatgina ma'lum muddat oralig'ida faol bo'ladi. Belgilangan vaqt tugagach yoki ba'zan tizim adminlari tominidan to'xtatilganda test imtihoni g'oyib bo'lishi mumkin. Bunday holatda siz testni bajarish imkoniyatiga ega emassiz.
Aloqa
Hamkorlik takliflari, mrojaat va savollar uchun biz bilan bog'laning!
Manzil:
Buxoro viloyati, Buxoro sh. MUMINOV ,2
Email:
buxoro__vxtb@xtv.uz
Telefon:
65 2243262, 65 2243024